Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Bo‘lajak tadbirlar anonsi

16.02.2017

ANONS

2017 yil 18 fevral kuni O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturidan kelib chiqib, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkilotlari va deputatlik birlashmalari oldida turgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi o‘tkaziladi.

Tadbirda, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, mintaqaviy partiya kengashi raislari, Markaziy Kengash mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Tadbir, soat 10:00 da “Xalqaro Hamkorlik Markazi” aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli Xalqaro savdo markazining 101-majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Murojaat uchun telefon: (0-371) 239-12-09.

Izoh: OAV vakillari uchun intervyular jarayoni soat 9:30 da boshlanadi.

08.02.2017

ANONS

2017 yil 11 fevral kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ezgu g‘oyalar va yaratuvchanlik ruhiyati bilan bir maqsad atrofida jamlash, qalblarida yurt taqdiriga dahldorlik hissini kuchaytirish, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish, yoshlarning ongi va hayotiga dahl qilishi mumkin bo‘lgan zararli axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni kuchaytirish maqsadida «Yoshlarni yot g‘oyalar va turli qarashlar ta’siridan asrash – maqsadimiz!» mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mas’ul xodimlari, «Yosh siyosatchilar klubi» a’zolari, talaba yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etadi.

Tadbir soat 1200da Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Murojaat uchun telefonlar: (0-371) 239-12-14, 239-12-09.

08.02.2017

ANONS

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi «Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» nomli ma’ruzasidan kelib chiqib, O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi tomonidan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhi a’zolari, davlat idoralari rahbarlari, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etadi.

Tadbir 2017 yil 10 fevral kuni soat 14:00 da Quyichirchiq tumanidagi Mingchinor xizmat ko‘rsatish va serviz kasb-hunar kolleji majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Murojaat uchun telefon: (0-371) 239-12-09.

08.02.2017

ANONS

Joriy yilning 10 fevral kuni O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan «Yoshlar kamolotida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosining o‘rni va ahamiyati» mavzusida adabiy kecha o‘tkaziladi.

Ushbu tadbirda adabiyotshunos olimlar, O‘zbekiston xalq artistlari, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mas’ul xodimlari, «Yosh siyosatchilar klubi» a’zolari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari, talaba yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etadi.

Tadbir soat 1000da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Murojaat uchun telefonlar: (0-371) 239-12-14, 239-12-09.

18.01.2017

ANONS

2017 yil 21 yanvar kuni O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi «Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak» nomli ma’ruzasidan kelib chiqib, partiya tashkilotlari oldida turgan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi o‘tkaziladi

Tadbirda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, mintaqaviy partiya kengashi raislari, Markaziy Kengash mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Tadbir, soat 10:00 da «Xalqaro Hamkorlik Markazi» aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli Xalqaro savdo markazining 102-majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Murojaat uchun telefon: (0-371) 239-12-09.

10.01.2017

ANONS

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan har yili an’anaviy tarzda “O‘zbekiston XDPning eng faol ayoli” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinadi.
“O‘zbekiston XDPning eng faol ayoli” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyat bosqichi 12 yanvar kuni o‘tkaziladi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi ma’sullari, O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi mas’ul xodimlari, tuman va shahar kengashlaridagi partiya guruhi a’zolari, partiya faollari, ko‘rik-tanlov ishtirokchilari hamda...

10.01.2017

ANONS

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va Toshkent shahar kengashi tomonidan “Milliy armiya – Vatanimiz va tinchiligimizning mustahkam qalqoni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkaziladi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mas’ullari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zolari, O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi mas’ul xodimlari, faol va faxriylar, partiya a’zolari hamda...

07.12.2016

ANONS

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, ularning jamiyat va davlat qurilishidagi ishtirokini kuchaytirish, yosh siyosatchilarni shakllantirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda «Yosh siyosatchi» ko‘rik tanlovi o‘tkazib kelinadi.

«Yosh siyosatchi 2016» ko‘rik-tanlovining yakuniy, respublika bosqichi joriy yilning 15, 16 va 17 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi ma’sul xodimlari, O‘zbekiston XDP Qoraqolpig‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashi «Istiqbol» yoshlar qanoti yetakchilari va ko‘rik-tanlov ishtirokchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, kasb-hunar kolleji va akademik litsey o‘quvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etadilar.

Tadbir 15 dekabr kuni soat 14:00da Temuriylar tarixi davlat muzeyida, 16 dekabr kuni soat 9:30da Alisher Navoiy Milliy kutubxonasining majlislar zalida, 17 dekabr kuni soat 10:00da O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining konsert zalida bo‘lib o‘tadi.

Murojaat uchun telefonlar: (0-371) 239-12-14, 239-12-09.

01.12.2016

ANONS

2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovning hududlardagi ishonchli vakillarining saylovchilar bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlari:

Tumanlar

Uchrashuv sanasi

Uchrashuv vaqti

Uchrashuv manzili

Qoraqolpog‘iston Respublikasi

1.             

Moynok tuman

2 dekabr

11.00

Mo‘ynoq tumani Bolalar musiqa maktabi majlislar zali

Sirdaryo viloyati

1.             

Mirzaobod tumani

2 dekabr

10:00

Navro‘z qo‘rg‘oni musiqa va san’at maktabi majlislar zali

 

 

30.11.2016

ANONS

1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovning hududlardagi ishonchli vakillarining saylovchilar bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlari:

Tumanlar

Uchrashuv sanasi

Uchrashuv vaqti

Uchrashuv manzili

Qoraqolpog‘iston Respublikasi

1.             

Ko‘ng‘irot tumani

1 dekabr

11.00

Qo‘ng‘irot tumani madaniyat va sport ishlari bo‘limi majlislar zali

Jizzax viloyati

1.             

YAngiobod tumani

1 dekabr

10:00

YAngiobod tuman hokimligi majlislar zali

Namangan viloyati

1.             

Namangan shahri

1 dekabr

11:00

Namangan shahar ijtimoiy iqtisodiy pedagogika kasb-hunar kollejining majlislar zali

 

 


Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 Navbatdagisi