Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

ANONS

01.06.2016

2016 yil 3 iyun kuni Buxoro viloyati Vobkent tumanida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki hamkorligida «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish joylari tashkil etish, aholining keng qatlami uchun, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari va xotin-qizlarning bank xizmatlaridan foydalanishlarini yanada kengaytirish» mavzusida seminar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi vakillari, Xotin-qizlar qo‘mitasi va «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki mas’ul xodimlari, tumandagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etadi.