Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Tadbirlar

ISTIQBOLLI LOYIHALAR TAQDIM ETILDI 21.06.2018

ISTIQBOLLI LOYIHALAR TAQDIM ETILDI

Tanlovning Navoiy viloyat bosqichi Navoiy shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, partiya faollari, yoshlar ishtirok etdi.
— Tanlovning nufuzi yildan-yilga oshib, unga yoshlarning qiziqishi ortib bormoqda, — deydi O‘zXDP Navoiy viloyat kengashi sektor mudiri Latifjon Azizov. — Agar raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘tgan yili 1300 nafarga yaqin, joriy yilda 2014 nafar yoshlar tanlovda qatnashish istagini bildirishdi. Tanlovning tuman va shahar bosqichlaridan g‘oliblarni saralash oson bo‘lmadi.

YOSHLAR YANGI DAVRNI YAXSHI HIS QILISHAYAPTI 14.06.2018

YOSHLAR YANGI DAVRNI YAXSHI HIS QILISHAYAPTI

Yaqinda televizor orqali Toshkent viloyatining qaysidir tumanida «Noodatiy mehnat yarmarkasi» o‘tkazilayotganiga ko‘zim tushib qoldi. Ancha tomosha qilgach, bizga har bir ishda yangicha yondashuvchilar zarurligiga amin bo‘ldim. Shu zahoti Kitob tumanida «Yosh siyosatchi» tanlovining viloyat bosqichi qanday o‘tkazilganini esladim...
Rosti, anchadan buyon Kitob shahri markazidagi 500 o‘rinli madaniyat saroyiga buncha odam kelganini eslay olmayman. Bu yerga faqat kollej o‘quvchilarigina emas...

XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI KAMOLGA YETAYOTGAN TA’LIM MASKANI 12.06.2018

XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI KAMOLGA YETAYOTGAN TA’LIM MASKANI

2013 yil Rossiyaning Moskva shahrida kimyo-biologiya fanidan 45-Jahon olimpiadasi o‘tkazilgan edi. Unda birinchi marta ishtirok etgan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi kimyo fanidan O‘zbekiston tarixidagi birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu litsey o‘quvchilari o‘tgan yillar davomida Jahon olimpiadalarida 2 oltin, 2 kumush va 6 bronza, Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 3 oltin, 9 kumush va 19 bronza medalini qo‘lga kiritgani qalbimizda faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi...

SAMARQAND, SURXONDARYO, BUXORO VILOYATLARIDA YOSH SIYOSATCHILAR BELLASHDI 12.06.2018

SAMARQAND, SURXONDARYO, BUXORO VILOYATLARIDA YOSH SIYOSATCHILAR BELLASHDI

Samarqand veterinariya meditsina instituti faollar zalida «Yosh siyosatchi — 2018» tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
— Tanlov bu yil o‘ninchi bor o‘tkazilmoqda, — dedi O‘zXDP Samarqand viloyat kengashi raisi Majidxon Usmonov. — Bugun viloyat bosqichida 15 nafar yosh siyosatchi bilimdonlar ishtirok etishyapti.
Ishtirokchilar tanlovning birinchi shartiga ko‘ra ijtimoiy loyihaning innovatsion taqdimotini o‘tkazishdi. Tanlovning ikkinchi va uchinchi shartlarida badiiy...

DIQQAT, TANLOV! 10.04.2018

DIQQAT, TANLOV!

O‘zXDP «Istiqbol» yoshlar qanoti yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligini yuksaltirish, partiya dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yangi innovatsion g‘oya va tashabbuslarga asoslangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Yosh siyosatchi — 2018» ko‘rik-tanlovi boshlanganini e’lon qiladi.
Ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yigit-qizlar O‘zbekiston XDP hududiy kengashlariga yoki Markaziy Kengashga murojaat qilishi mumkin...

BALANDPARVOZ GAPLARDAN – AMALIY NATIJALARGA 03.01.2018

BALANDPARVOZ GAPLARDAN – AMALIY NATIJALARGA

— 2017 yilda bir nechta loyihani amalga oshirdik, yoshlarga yanada yaqinlashdik, ularning e’tiborini qozondik, deb o‘ylayman.
Bugungi kunda partiyamizning 450 ming nafardan ortiq a’zolaridan 40 foizga yaqinini «Istiqbol» yoshlar qanoti safidagi yigit-qizlar tashkil etadi. O‘tgan yili «Yosh siyosatchi» ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari har yilgidan ham ko‘p bo‘ldi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan iste’dodli, bilimli va zukko yoshlar saralandi va rag‘batlantirildi.
Turli tadbirlarda yoshlar orasida bo‘lib, ularning fikrlarini eshitib...

YOSHLAR PARLAMENTDA 05.12.2017

YOSHLAR PARLAMENTDA

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda «O‘zbekiston Respublikasi parlament modeli» loyihasini o‘tkazmoqda. Loyiha doirasida seminar-treninglar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil qilinyapti. Ana shunday tadbirlardan biri Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tdi. Unda bir guruh yoshlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zolari, partiya faollari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari bilan uchrashdi. Tadbirda yoshlarning siyosiy tafakkuri hamda bahs madaniyatini oshirish, parlamentda o‘tkaziladigan muhokamalar...

BOBUR TENGSIZ EDI 14.02.2017

BOBUR TENGSIZ EDI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi.
Unda «Yosh siyosatchilar» klubi a’zolari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, shoirlar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi...

14.02.2017

YOSHLARNI TURLI TAHDIDLARDAN ASRAYLIK

Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, salbiy axborotlardan himoyalash masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda yoshlarni turli ekstremistik, terroristik, missionerlik oqimlari, “ommaviy madaniyat» va boshqa yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularda bunday illatlarga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish, yosh avlodni...

ULUG‘ SIYMOGA EHTIROM 09.02.2017

ULUG‘ SIYMOGA EHTIROM

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi, barcha darajadagi partiya tashkilotlari tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi munosabati bilan joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularda partiya faollari, «Istiqbol» yoshlar qanoti va «Yosh siyosatchilar» klubi a’zolari, navoiyshunos olimlar, ijodkorlar ishtirok etmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent viloyat partiya kengashi tomonidan Qibray tumanidagi Chingeldi maishiy xizmat kasb-hunar kollejida o‘tkazildi...

Sahifalar: 1 2 3 4 5 ... 23 Navbatdagisi