Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘ZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYASI MARKAZIY KENGASHINING V PLENUMI TO‘G‘RISIDA

03.29.2016

Joriy yil 1 aprel kuni poytaxtimizda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining V plenumi bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, Markaziy Kengash ishchi apparati xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Plenumda «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturidan kelib chiqib, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi oldida turgan vazifalar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasining 2015 yildagi faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Plenumda, shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi amaliy Harakat dasturining 2015 yildagi ijrosi yakunlari, joriy yil uchun mo‘ljallangan vazifalarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi hamda boshqa masalalar muhokama etiladi.