Hurmatli saylovchilar!

 

Xabaringiz bor, joriy yilning 5 iyun kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olindi.

Shunga ko‘ra, Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi samarali ishtirokini ta’minlash va saylov jarayonlarida saylovchilardan tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish maqsadida partiya markaziy saylov shtabi huzurida Call-markaz faoliyati tashkil etildi. Ish vaqti - soat 9.00 dan 18.00 gacha.

Saylovchilarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatovning ishtiroki bo‘yicha qiziqtirgan savollar va boshqa ma’lumotlar bo‘yicha 1352 raqamli Call-markazga murojaat etishlari mumkin.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish