Quyidagi holatlarda avtomobil yo‘llarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash mumkin
— noqulay ob-havo-iqlim sharoitlarida;
— tabiiy ofatlar yuz berganda;
— yong‘inlar yuz berganda;
— avtomobil yo‘li ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotganda va boshqa shunga o‘xshash hollarda;
— ta’mirlash-qurilish ishlari olib borilayotganda.
Bunda yo‘l tashkilotlari mahalliy davlat hokimiyati organlariga bildirgan, ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilgan hamda tegishli belgilar o‘rnatgan holda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalari bilan birgalikda transport vositalari harakatini cheklaydi yoki taqiqlaydi.
Adliya vazirligining telegramdagi
«Huquqiy axborot» kanali.