Maktablarda o‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiyot xodimlari biriktiriladi
— Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish uchun mas’uldirlar.
— Bunda maktab rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib berilishi zarur.
Adliya vazirligining telegramdagi
«Huquqiy axborot» kanali.