O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi

 

2020 yil uchun Davlat budjetining barqarorligini ta'minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta'minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:

budjet tashkilotlarida (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razryadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari) ishlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga kadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishini to‘xtatib turish;

Respublika budjetida hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida ko‘zda tutilgan xarajatlarni maqbullashtirish;

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari xarajatlarini maqbullashtirish;

Respublika budjetining 2020 yil II choragi uchun rejalashtirilgan xarajatlarni 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga iqtisod kilingan mablag‘larni mahalliy budjetlarning daromaddar prognozining bajarilmagan qismini qoplashga yo‘naltirish tavsiya qilindi.

 

 

Moliya vazirligi tegishli vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda barcha budjet tashkilotlarida (tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy muassasalari hamda mehribonlik uylaridan tashqari):

asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta'mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni joriy yilning 1 iyuliga qadar to‘xtatish (moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno) va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablag‘larni qisqartirish yoki 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkazish;

kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, qog‘oz va boshqa kanselyariya tovarlari xarid qilish, tadbirlar o‘tkazish, joriy ta'mirlash va boshqa xarajatlarni qisqartirish;

O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish hajmini joriy yilning II choragida 3,0 trln so‘mdan oshirmaslik bo‘yicha amaliy choralarni ko‘radi.

Iqtisodiy taraqkiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda maqbullashtirilgan mablag‘lar hisobiga 2020 yilda O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidan chiqariladigan loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirib, uch kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda ularning soliqlar, majburiy yig‘imlar, bojlar va jarimalar xisobidan jamlanadigan budjetdan tashkari jamg‘armalari hisobida joriy yil 16 aprel holatiga mavjud qoldiq mablag‘lari, shu jumladan, tijorat banklaridagi depozit hisob-raqamidagi milliy va xorijiy valutadagi qoldiq mablag‘larining 50 foizini respublika budjetiga o‘tkazadi xamda ijrosi yuzasidan 2020 yilning 5 mayiga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi.

Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorovga 2020 yilning 1 mayidan boshlab jamg‘armalarga soliqlar, majburiy yig‘imlar, bojlar va jarimalar hisobidan tushadigan tushumdan (xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va qonunchilikda belgilangan moddiy rag‘batlantirish xarajatlarini chegirgan holda) respublika budjetiga 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratma belgilash vakolati berildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining - yirik korxonaparning kuzatuv kengashlari tarkibini qayta ko‘rib chiqadi va ularning tarkibiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qiskartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi vakillarini kiritish choralarini ko‘radi. 

 

www.kun.uz

← Roʻyxatga qaytish