Ko‘p bolali oilalarga uy-joy ajratish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

 

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ko‘p bolali oilalarga uy-joy ajratishda 16 yoshgacha yetti nafar va undan ziyod bolalari bo‘lishi talabi bekor qilinmoqda.

Hukumatning 2020 yil 31 dekabrdagi «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi qarorи qabul qilindi.

Hujjat bilan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi низомgа o‘zgartirish (12 band «g» kichik bandi) kiritilib, «16 yoshgacha yetti nafar va undan ziyod bolalari bo‘lgan» so‘zlari olib tashlanmoqda. Bu bilan 16 yoshgacha bo‘lish talabi bekor qilinmoqda.

Qishloq joylardagi kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, ko‘p bolali oilalarga bepul qoramol berilishida voyaga yetmagan besh nafar va undan ortiq bolalari bo‘lishi lozimligi talabi bekor qilindi.

Mazkur qaror ko‘p bolali oilalar tushunchasiga qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarda bir xilda talqin qilinishini nazarda tutgan holda qabul qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, Oila kodeksining 4−1-моддасиgа muvofiq, to‘rt nafar va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oila hisoblanadi. Bunda, agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida o‘qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.

 

www.gazeta.uz

 
← Roʻyxatga qaytish