Turkmaniston Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifiga doir
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov joriy yil 28-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keladi.
 
Davlat rahbarlari oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi hamda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qoʻshma loyihalar amalga oshirilishining borishini koʻrib chiqadi.
 
Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.
 
Turkmaniston Prezidenti 29-noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
 

 

OʻzА
 
 
← Roʻyxatga qaytish