Deputat aholining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Shohista Turg‘unova o‘z saylov okrugida qator uchrashuvlarni o‘tkazdi. Xususan, dastlab, Chortoq tuman kengashi deputatlari bilan uchrashib, tuman aholisini o‘ylantirib kelayotgan muammolar va takliflar ko‘rib chiqilib, yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Tumandagi 47-maktabda bo‘lib o‘tgan muloqot samimiy ruhda kechdi. Yurtimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar e’tirof etilib, o‘qituvchilar davlat rahbariga minnatdorchilik bildirishdi.

Shuningdek, “Beshkapa” MFY hududidagi 48-maktabdagi uchrashuv ham ta’lim jonkuyarlarining bahs-munozarasiga aylanib ketdi. Yosh avlodga ta’lim tarbiya berishda maktabning o‘rni beqiyosligi ta’kidlanib, ta’lim sifatiga katta e’tibor qaratilayotgani va bu o‘z samarasini berayotgani tilga olindi. Ayniqsa, o‘qituvchi maqomi yuksalgani soha vakillari va aholi tomonidan to‘la ma’qullanmoqda.

Deputat Sh. Turg‘unova shuningdek, o‘z saylov okrugidagi ko‘plab mahalla guzarlari, ko‘chalar, oziq-ovqat do‘konlarida bo‘lib, aholining ijtimoiy yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Qabul qilinayogan qonunlar, farmon va qarorlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish