Deputat mahallada

 

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi J.Rahmonov va Kitob tuman kengashi deputati Z.Norovalar tomonidan tumandagi «Toshkent» mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonlar o‘rganildi.

Xalq bilan muloqot chog‘ida aholining yashash tarzi, bandlikni ta’minlash, o‘z-o‘zini band qilish, tomorqadan foydalanish va daromad topish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Deputatlar aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha vakolat doirasida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari bilan chiqish, aholining mavjud tomorqadan samarali foydalanib, oilasiga daromad topish yo‘llari bo‘yicha fikrlar bildirishdi, kuzatuvlar olib borildi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish