Saylovchilar bilan muloqotlar davom etmoqda

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, XDP fraksiyasi a’zosi Muqaddas O‘rozaliyeva Zomin tumanidagi Ibn Sino nomli kollejda uchrashuv o‘tkazdi. Unda kollej o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Yig‘ilish ishtirokchilariga “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun to‘g‘risida tushunchalar berildi. Ta’kidlanganidek, Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda.

Muloqotda shuningdek, Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tajribasi to‘g‘risida, "Yashil makon "umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, 2024 yil 16 apreldagi "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy yetishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasini 204-sonli qarori va bu yilgi saylov tizimidagi o‘zgarishlar, XDP saylov oldi dasturlari haqida fuqarolarga to‘liq tushunchalar berildi.

M. O‘rozaliyeva shuningdek, Zomin, Yangiobod, Zarbdor tumanlaridagi tibbiyot birlashmalari birlamchi tizim o‘rta tibbiyot xodimlari, vrachlar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish