Sog‘lom ona – sog‘lom oila

 

O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tuman kengashi tomonidan tumandagi "Chinobod" mahalla fuqarolar yig‘inidagi Chinobod oilaviy poliklinikasida "Sog‘lom ona-sog‘lom oila" loyihasi asosida xotin-qizlar va bolalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Unda Chinobod, Dovza, Shamanqirg‘iz hamda Sinnon qishloqlarida yashovchi 27 nafar xotin-qizlar va bolalar ko‘rikdan o‘tkazildi. 2 nafar ayol va 4 nafar bolaga ambulator sharoitda davolanishlari uchun tibbiy maslahatlar berildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish