O‘zXDP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan Yangiobod tumani "Xo‘jamushkent" qishloq fuqarolar yig‘inida joylashgan 5-sonli maktabda mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar, “mahalla yettiligi”, tuman O‘rmon xo‘jaligi xodimlari, partiya faollari, partiya tuman Kengashi deputatlari ishtirokida xalq bilan yuzma-yuz uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.O‘razaliyeva, O‘zXDP viloyat Kengashi raisi N.Xolmatovlar so‘zga chiqib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati, farovonlik va taraqqiyotga erishish yo‘lida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilayotganligi, ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, xorijiy tillarni o‘rgatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tdilar.
Tadbirdan so‘ng mas’ullar tomonidan mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Shu bilan bir qatorda, mahalla hududida imtiyozli kreditlar olib, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshlagan, o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, daromadga ega bo‘lgan fuqarolarning ham xonadonlarida bo‘lishdi.