Toshkent viloyatida “Yosh siyosatchi” ko‘rik-tanlovi davom etmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Yosh siyosatchi – 2024” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda. Angren shahrida mazkur ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

Unda hududdagi 6 ta professional ta’lim muassasalaridan 30 dan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iste’dodli yoshlarni aniqlash, iqtidorli yoshlarning ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovda qatnashchilar siyosiy bilim darajalarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Angren Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, 2-o‘rinni Angren kon-metallurgiya texnikumi, 3-o‘rinni Angren 1-sonli kasb-hunar maktabi qo‘lga kiritdi.

Mazkur ko‘rik tanlov Ohangaron tumani "O‘zbekiston" MFY qoshidagi 12-maktab faollar zalida ham qiziqarli va bahs-munozaraga boy tarzda o‘tdi. Tanlovda 5 nafar yoshlar 3 ta shart bo‘yicha bilimlarini sinab ko‘rishdi. Qatnashchilar o‘zlariga berilgan barcha topshiriqlarga mustaqil tayyorlanib, o‘z fikrlarini hududlaridagi muammolarga bog‘lab, erkin bayon etishdi.

Yakunda ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Fotima Komilova 30 ball bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Tanlov so‘nggida ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 8 nafar yosh partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish