Deputat Dilbar Mamadjanovaga saylovchilar tashakkur bildirishdi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Dilbar Mamadjanovaga Farg‘ona tumanida yashovchi bir guruh saylovchilardan murojaat kelib tushdi.

Unga ko‘ra, tumandagi “Oq bilol” MFY hududidagi qishloq aholisi eski, avariya holatidagi oilaviy shifokor punkti o‘rniga, yangi, zamonaviy oilaviy shifoxona punkti qurilishida amaliy yordam so‘rashgan edi.

Mahalla ahlining aytishicha, deputatimiz Dilbar Mamadjanovaning sa’y-harakatlari natijasida ayni kunda loyiha qiymati 2 mlrd 318 million so‘m bo‘lgan qurilish ishlari boshlab yuborildi. Hududdagi aholining quvonchi ichiga sig‘mayapti bugun.

Qishloq ahlining aytishiga qaraganda, deputat tashabbusi bilan muntazam ravishda hududdagi muammolar o‘rganilib, ular qonun doirasida hal etib borilmoqda. Ehtiyojmand oilalarning turmush sharoiti o‘rganilib, ularga moddiy tomondan yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Deputatimiz saylovchilar bilan uchrashuvlarda ko‘tarilgan har bir masalaga e’tibor bilan qaraydi, muammolarni hal etishga jon-jahdi bilan kirishadi. Bir so‘z bilan aytganda, saylovchilar deputatdan mamnun.

 

«O‘zbekiston ovozi», 1.05.2023, №18

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish