Muammolar deputat nazoratiga olindi
Xalq vakillari bo‘lgan deputatlarni xalqqa yanada yaqinlashtirish, ularning dard tashvishlari bilan yashash va fuqarolarning o‘zi saylagan nomzodlariga va siyosiy partiyalarga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida keyingi yillarda qator amaliy natijalarga erishildi.
Bugungi kunda deputatlar xalq orasida, uyma-uy, xonadonma-xonadon yurib, aholining turmush sharoitlarini, ularni o‘ylantirayotgan masalalarni o‘rganishi kundalik ish rejasiga aylangan.
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati, O‘zXDP Sirdaryo viloyat kengashi raisi Sh.Mamadetsoyev o‘zi saylangan 1-“Madaniyat” saylov okrugida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda aholi bilan muloqot qildi. Uchrashuv davomida aksariyat murojaatlarga joyida yechim topildi.