Partiyamiz saflari kengaymoqda

 

O‘zbekiston XDP Toshloq tuman tashkiloti tashabbusi bilan tumandagi «Qumariq» MFY hududidagi 11-DMTMda xodimlar ishtirokida «Men O‘zbekiston XDPni tanladim» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Muloqotda tuman tashkiloti raisi T. N. Soliev partiyamiz ustavi va dasturi hamda saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar to‘g‘risida yig‘ilganlarga tushunchalar berdi.

Natijada bolalar bog‘chasida faoliyat ko‘rsatayotgan 51 nafar yoshlar partiyamiz safiga qabul qilindi. Ularga a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish