Hech kim hech qachon unutilmaydi

 

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston XDP Termiz shahar Kengashi raisi Z.Doniyorova hamda partiya faollari tashabbusi bilan Termiz shahridagi “Zvezda vostoka” nomli xususiy maktabda “Hech kim hech qachon unutilmaydi” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

Muloqotda partiya faollari tomonidan Ona Vatan oldida ajdodlar xizmati e’tirof etilib, ularning ruhi yodga olindi. Xotira va qadr hech qachon eskirmaydigan, unutilmaydigan tuyg‘u ekanligi o‘quvchilarga tushuntirildi. Bu so‘zlar zamirida insonga, uning qadr-qimmatiga, sha’niga, xotirasiga ehtirom mujassamligi va inson bor ekan, xotira quyoshi abadiy nur sochaverishi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar tomonidan vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish