Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, O‘zXDP Farg‘ona viloyati kengashi mas’ullari, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari, partiya faollari, yoshlar ishtirok etgan yig‘ilishni O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Varisova Maqsuda Azizovna kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida urg‘u berdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, O‘zXDP Farg‘ona viloyati kengashi mas’ullari, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari, partiya faollari, yoshlar ishtirok etgan yig‘ilishni O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Varisova Maqsuda Azizovna kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida urg‘u berdi.
Ta’kidlanganidek, Keyingi yillarda yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimimizni tubdan takomillashtirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash, sohaga yangi boshqaruv usullarini joriy etish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot sohasini zamon talablari darajasiga olib chiqish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sohaga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi yildan yilga keskin oshib bormoqda.
Yig‘ilishda Farg‘ona viloyatida “Sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan ko‘rsatilayotgan barcha turdagi tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish” yakunlari keng muhokama qilindi.
Farg‘ona viloyatida bugungi kunda 4 milliondan ziyod aholiga shahar va tumanlardagi 19 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar,
134 ta oilaviy poliklinika hamda 167 ta oilaviy shifokor punktlari tomonidan birlamchi tibbiy sanitariya yordami ko‘rsatiladi. Shuningdek, jami 60 ta shifoxonalar shahar va tibbiyot birlashmalari tarkibidagi 33 ta shifoxonalar, 14 ta viloyat shifoxonalari hamda 14 ta Respublika ixtisoslashgan markaz filiallari tomonidan statsionar yordam beriladi.
Viloyatning barcha shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga laporaskopik jamlama o‘rnatilishi hisobiga 10 dan ortiq viloyat ixtisoslashtirilgan muassasalarda, jumladan, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialida 60 dan ortiq (mikrojarrohlik, shuntlash, endoprotezlash va boshqalar) yangi diagnostika davolash usullari amaliyotga tadbiq etildi. Natijada, 2023 yilda viloyat muassasalarida
5 mingdan ortiq yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazildi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar qabul bo‘limlari, bolalar
reanimatsiyasi va intensiv terapiya bo‘limlari qabulxonalari ham takomillashtirib borilmoqda. Tibbiyot tashkilotlari kompyuter va ofis uskunalari bilan ta’minlanyapti.
Ammo hal qilinishi lozim bo‘lgan va yechimini kutayotgan masalalar ham bor. Kompyuter qurilmalari yetishmasligi sababli elektron tizimdan foydalanish to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan.
Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan 451 ta tibbiyot muassalalariga 2023 yilda 1504 ta kompyuter texnikalari yetkazish rejalashtirilgan edi. Amalda 313 ta kompyuter texnikalari (20,8 foiz) keltirilgan. Xuddi shunday 2024 yilda tibbiyot muassasalariga 3531 ta kompyuter texnikalari yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda kompyuter texnikalari yetkazilmagan.
Muloqotda muammoli masalalar soha vakillari ishtirokida tahlil qilindi. Deputatlarning takliflari tinglandi.
O‘rganishlarda ishtirok etgan jamoatchilik vakillari yuqumli bo‘lmagan kasallikka chalingan keksa yoshdagi bemorlar va ularning farzandlarini o‘zini o‘zi parvarish qilishga o‘rgatish maqsadida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda “Profilaktika maktabi” mashg‘ulotlarini o‘tkazish hamda kasallik turlariga ko‘ra bemorlarni ovqatlantirish yuzasidan parhez stollari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatni JSST tavsiyalari va ilg‘or mamlakatlar tajribasi asosida qayta ko‘rib chiqish zarurligini taklif qilishdi.