Safimizdagi faol pedagoglar taqdirlan

O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat Kengashi hamda Buxoro muhandislik instituti hamkorligida o‘qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Buxoro viloyat Kengashi raisi Zulfiya Tuyyeva pedagog xodimlarga partiya elektoratining ijtimoiy muhofazasini yanada kuchaytirishda, turmush darajasini oshirishda, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishda va siyosiy jarayonlarda faol bo‘lishlarini ta’kidlab o‘tdi.



Yakunda partiya maqsadlarini aholi orasida targ‘ib etishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan  safimizdagi faol pedagoglar O‘zbekiston XDPning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

← Roʻyxatga qaytish