Qorao‘zakda tibbiy ko‘rik
Oilalar salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarni aniqlash va oldini olish maqsadida 28 nafar xotin-qizlar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va kasalligi aniqlanganlarga shifokorlar tomonidan davolanish uchun tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ko‘rik davomida Xalq deputatlari Qorao‘zak tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi B.Pirimbetova tomonidan ushbu hududda yashovchi Rzametova Ulzipaning murojaati o‘rganilib, unga nogironlar aravachasi va hassa tayoq berildi.