“Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovining Mirzacho’l tuman bosqichi.

O‘zbekiston XDP Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda partiya safidagi xotin-qizlar salohiyatidan samarali foydalanish, yuksak siyosiy bilim va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni aniqlash, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishning samarali usullarini aniqlash va ommalashtirish maqsadida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov ishtirokchilari 3 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar.

 

Belgilangan nizom asosida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilar baxolanib, natijalarga ko’ra 1-o’rinni Sharofat Salibayeva qo’lga kiritib, g‘olib va ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

← Roʻyxatga qaytish