“Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko'rik-tanlovi g'oliblari taqdirlandi.

Tadbirda O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi deputatlik guruhi a’zosi, senator O.Soatov so‘zga chiqib, mamlakatimizda oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, ulardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oilaning jamiyatdagi o‘rni, roli va nufuzini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.



“Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovida viloyatning 700 ga yaqin oilasi ishtirok etdi. 150 oila orasidan tuman, shahar g‘oliblari saralanib, ulardan 15 nafari viloyat bosqichida ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib deb topilganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Ibratli oila” ko‘krak nishoni ham o‘z egalariga tantanali topshirildi.

← Roʻyxatga qaytish