Tadbirda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z dasturiy maqsadlarini, avvalo, O‘zbekiston mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatanimizning gullab-yashnashi, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik, fuqarolar va millatlar o‘rtasidagi hamjihatlik, har bir oila hamda butun xalqning farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlar ustuvorligiga asoslanib belgilaganligi, O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasining bosh maqsadi – aholi turmush darajasini rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga chiqarish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash ekanligiga urg‘u berildi.
O‘zbekiston XDP mamlakatning tobora yuksalayotgan iqtisodiy salohiyati aholining kam ta’minlangan qatlamlari turmush darajasi va hayot sifatini oshirish uchun xizmat qilishi, bu mamlakatda ijtimoiy barqarorlik va fuqarolar birdamligini yanada mustahkamlashning asosiy omili hamda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim sharti hisoblanishi, Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millati, tili va dinidan qat’iy nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekani mustahkamlab qo‘yilganligi, ularga o‘z milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Yakunda o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz millatlarining qo‘shiq va raqslari ijro etildi.