Sog‘lom oila

 

O‘zXDP Shirin shahar kengashi tashabbusi bilan Shirin shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Bolalar sport maktabida “Sog‘lom oila” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.

Bellashuvlarni boshlashdan avval O‘zXDP Shirin shahar Kengashi raisi N.Akramova, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Umarovalar so‘zga chiqib, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berib, qatnashchilarga omad tiladi.

Bahslarda Shirin shahridagi “A.Temur”, “Do‘stlik”, “M.Ulug‘bek”, “Bunyodkor”, “Farhod”, “Nurobod”, “Vatanparvar” MFY dan jami 7 ta faol oilalar qatnashdi.

Sport musobaqasini o‘tkazishdan maqsad oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sport turlarining inson va oila hayotidagi o‘rni, jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikni targ‘ib qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun sharoitlar yaratishdan iboratdir.

Oilaviy jamoalar yugurish, sakrash, akrobatika, to‘pni nishonga otish, estafeta, arqon tortish bo‘yicha kuch sinashishdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvlarda “Nurobod” MFY dan qatnashgan Bekboltayevlar oilasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari, diplomlar topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish