O‘zXDP Jizzax viloyat kengashi tomonidan “Siyosatdagi ayol” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
O‘zbekiston XDP Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda partiya safidagi xotin-qizlar salohiyatidan samarali foydalanish, yuksak siyosiy bilim va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni aniqlash, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, rag‘batlantirish, ularni partiya tizimiga jalb etish, davlat organlari va hokimliklar tizimida turli lavozimlarga, jumladan, deputatlik lavozimlariga zaxirani shakllantirish maqsadida tashkil etgan ko‘rik-tanlovning Jizzax viloyat bosqichida tuman va shaharlar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 13 nafar yig‘ilgan faol xotin-qizlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar har bir shartlar bo‘yicha o‘zlarining bilim va mahoratlarini namoyon etdilar. G‘olib va faol ishtirokchilar partiya tomonidan diplom, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.