Murojaatlar qanoatlantirilmoqda

 

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi N.Rizzayev o‘z hududida sayyor qabul o‘tkazdi.

Jamoatchilik qabulxonasiga murojaat etgan O‘zbekiston MFY O‘zbekiston ko‘chasida istiqomat qiluvchi X. Toshboyevaning murojaatiga asosan Chortoq tuman aloqa bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda eskirgan elektr ustuni yangilandi. Bu orqa mahalla ahlining yorug‘lik ta’minotidagi muammolari hal etildi.

Shuningdek, aholi murojaatiga asosan deputat ko‘magida foydalanib kelayotgan ariq chiqindilardan tozalandi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish