Ayollar holidan xabar olindi

 

O‘zbekiston XDP Baliqchi tuman kengashi raisi M.Xalilova tashabbusi bilan Islomobod MFYda «Ayollarga ko‘mak» loyihasi asosida muloqot tashkil etildi.

XDP deputatlik guruhi va tegishli idoralar mas’ullari bilan birga mahallalardagi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar holidan xabar olindi. Ularning mavjud muammolari hal etilishida ko‘maklashib, ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordamlar ko‘rsatildi.

Xususan, onkologiya kasalligiga chalingan Diloromxon Solieva, farzandini davolatishi uchun Dilbarxon Kamolovalarga «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hamda homiylar tomonidan dori-darmon va moddiy yordam yetkazildi. Baxtsiz hodisa tufayli yura olmay qolgan Zulfira Qo‘ziyevaga nogironlik aravachasi, kam ta’minlangan, yolg‘iz yashovchi Nasiba Razzaqovaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish