Hunarmand ayollar partiyamiz safiga qo‘shildi
O‘zbekiston XDP Kitob tuman kengashi tuman Hunarmand ayollar uyushmasi bilan hamkorlikda mahallalarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan hunarmand ayollarning ko‘rgazmasini tashkil etdi.
Nurafshon mahallasida joylashgan 91-sonli maktab zalida tashkil etilgan ko‘rgazmada hunarli xotin-qizlar o‘z ishlaridan namunalar ko‘rsatishdi. Ustoz-shogird an’analari asosida Kitob tumaniga xos kashtachilik, popurchilik, quroqchilik, bichish tikish sirlari yosh qizlarga o‘rgatib kelinmokda.
Ko‘rgazma o‘zaro tajriba almashish, hunarmand xotin-qizlarning mehnati yuzaga chiqishida hamkorlikda ko‘maklashga hissa qo‘shdi.
Tadbir so‘nggida 8 nafar hunarmand ayol partiyaga qabul qilinib, a’zolik guvohnomalari topshirildi.