Xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish yuzasidan keng qamrovli islohotlari olib borilmoqda.
Ushbu islohotlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Uzun tuman mahallalaridagi hokim yordamchilari, partiya faoli bo‘lgan tuman oila va xotin qizlar bo‘limi hamda xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari tavsiyalari va yordami bilan "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turuvchi 65 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi topshirildi.️