Ellikqal’a tumanidagi oilaviy poliklinikalar faoliyati o‘rganildi

 

Ellikqal’a tumanida 1 ta markaziy kasalxona, 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 5 ta oilaviy punkt, 7 ta oilaviy poliklinika xalqqa xizmat ko‘rsatmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati A.Matniyazova ishtirokidagi Ishchi guruh Ellikqal’a tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 65-sonli Oilaviy poliklinikasi faoliyati bilan tanishdi.

Qirqqizobod ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan Oilaviy poliklinika 62 nafar tibbiy xodim bilan 17327 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Oilaviy poliklinikada UTT, EKG, laboratoriya, sterilizatsiya apparatlari, fizioterapiya apparatlari xalq uchun xizmat ko‘rsatmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 sentabrdagi qaroriga asosan Sog'liqni saqlash vazirligining ''Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiy brigadalari faoliyatini baholash tartibi va nizomini tasdiqlash to'g'risida''gi buyrug'i bilan tibbiy brigadalar tashkil qilingan. Prezidentning 2020 yil 12 noyabrdagi ''Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog'liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida''gi PF-6110 sonli Farmoniga hamda ''Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida''gi PQ-215 sonli qarorlari ijrosini ta'minlash, birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga yangi modelni joriy qilish maqsadida 9 brigada tashkil qilinib, aholiga xizmat ko'rsatmoqda.

Bemorlarga endokrin va yurak qon tomir kasalliklarini oldini olish va kasallikni erta aniqlash maqsadida tibbiy ko‘riklar tashkil qilinib, ambulator hamda kunduzgi statsionar sharoitda bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanmoqda.

Ishchi guruh a’zolari aholiga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish