O‘zbekiston XDP Denov tuman kengashi raisi X.Mirzayev va xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sh.Qodirova, tuman Kengashi deputati M.Abdiraimov tashabbusi bilan «Yangiariq» mahallasida «Muhokama, tahlil va taklif» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida partiya tuman kengashi mas’ullari, faollar, xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputatlari va mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda aholiga psixologik yordam ko‘rsatish turlari va shakllari, aholining ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash, shaxsga uning psixologik muammolari va hayotida yuzaga kelgan og‘ir ijtimoiy vaziyatlarini hal etishga ko‘maklashish va ruhiy salomatligini saqlash masalalarida so‘z bordi. Mutaxassislar kishining ruhiy salomatligida muammolari, o‘zini mustaqil ifoda eta olish bilan bog‘liq individual qobiliyatlarini kuchaytirish va shaxsning turmush tarzini yaxshilashga ko‘maklashish borasida batafsil to‘xtalib o‘tdi.