O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi majlislar zalida hamda O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi binosida “O‘zbekiston XDP tomonidan o‘z dasturiy maqsadlari hamda elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, aholini ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi muammolari va ularning yechimlari” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn o‘quv bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mas’ullari, O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat, shahar va tuman kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, partiya faollari, yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fraksiyasi a’zosi M.Xasanova ochib berdi. Deputat kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Boshqarma boshlig‘i B.Yusupov nomzodlarni o‘z hududidan kelib chiqib, saylovoldi dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan tavsiyalarini berdi.
Shundan so‘ng viloyat kengashi raisi A.Pardayev viloyat, tuman, shaharlar saylovoldi dasturining asosiy ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida ro‘yxat asosida tumanlar raislari Xalq deputatlari mahalliy kengashlarga ko‘rsatilishi rejalashtirilgan nomzodlarning saylovoldi dasturini shakllantirishda “Hududdagi aholini qiynayotgan mavjud muammoli masalalar va ularning yechimlari yuzasidan aniq takliflar bo‘yicha taqdimotini(prezentatsiyasini)” namoyish etishdi.
Bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida kelgusi rejalar belgilandi.