Partiyamizni faol qo‘llashmoqda

 

Imzo yig‘ish — saylovda qatnashishning eng muhim talablaridan biri bo‘lib, saylov kampaniyasining boshlang‘ich pallasi hisoblanadi. Mazkur jarayonda Xalq demokratik partiyasi munosib ishtirok etmoqda.

Xususan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bo‘lib o‘tgan imzo to‘plash tadbirida aniqlik, ishchanlik hamda o‘zaro hamjihatlik ruhiyati ufurib turdi. Fuqarolarga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi g‘oyalari hamda bo‘lajak siyosiy jarayonning mazmun-mohiyati xususida tushunchalar berilmoqda.

O‘z navbatida aholi vakillari tomonidan ham juda ko‘plab savollar bilan murojaat qilinmoqda. Partiya g‘oyalari bilan qiziqib, erishgan yutuqlari yuzasidan fikr mulohazalar bildirilmoqda.

Fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratik huquqiy davlatni barpo etishda har bir saylovchining o'rni, faolligi juda muhimligi ta'kidlanyapti.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish