Muhim siyosiy jarayondagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova partiyamiz joriy yil 27 oktabrda o‘tkaziladigan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlar deputatlari saylovida faol ishtirok etishni e’lon qilganini ta’kidlab, shu bilan bog‘liq galdagi vazifalar yuzasidan batafsil to‘xtaldi
Xususan, asosiy kalendar rejasida belgilangan vazifalar, partiyaning saylovlarda ishtirokini muvofiqlashtirish yuzasidan Namangan viloyatida saylov shtablarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Imzo to‘plash ishlarini tashkil etishda faollik va hamjihatlik ko‘rsatish, fuqarolarning partiya faoliyati bilan bog‘liq savollariga batafsil tushunchalar berish zarurligi ta’kidlandi.