Hurmatli saylovchilar!

Siz azizlarning hamda partiyadoshlarimiz imzosi va qo‘llab-quvvatlashi asosida Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining navbatdagi saylovda ishtirok etish uchun ruxsat berdi.

Imzo — bu ishonch degani! Biz bu ishonchni qadrlaymiz. Xalq demokratik partiyasini qo‘llaganingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz!

Endi yangi, kuchli g‘oyalarga boy dastur bilan saylov kurashiga kirishimiz zarur!

O‘tgan davr mobaynida elektoratimiz, faollarimiz, turli soha mutaxassislari bilan saylovoldi dasturi ustida ishladik.

Shu kunlarda joylarga chiqib dasturimiz loyihasining ommaviy eshituvlarini o‘tkazish choralarini ko‘ryapmiz.

Saylovoldi dasturda davlat va jamiyatni rivojlantirish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishga qaratilgan bir qator g‘oya va maqsadlarni belgilab olmoqchimiz. Ular orasida jahondagi ilg‘or demokratik tendensiyalarni ifodalovchi tashabbuslar bor.

 

Hurmatli saylovchilar!

Biz saylovga qat’iy tayyorgarlik ko‘rgan holda, har bir inson farovonligini ta’minlash uchun kurashamiz!

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish