O‘zbekiston XDP qanday yangi tashabbuslarni ilgari surmoqchi?
Bu galgi dasturimizda iqtisodiyotda davlatning faol roli va ishtirokini, strategik ahamiyatga ega kompaniyalar ustidan davlat nazoratini saqlab qolish, ularni xususiylashtirishni qonun darajasida taqiqlash masalasini kiritmoqchimiz. Bizningcha, strategik ahamiyatga ega kompaniyaning xususiylashtirilishi, qaysi tomonda qaralgan taqdirda ham, noto'g'ri. Chunki nomining o'zi aytib turibdi, u "strategik ahamiyatga" ega.