O‘NTA YETTI QAVATLI UY,

ikkita maktabgacha ta’lim muassasasi va yangi tug‘uruq majmuasi termizliklarga haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi

To‘yga to‘yona bilan borish xalqimizga xos qadriyatlardan hisoblanadi. Bunday an’analar bayramlar arafasida yanada kengroq namoyon bo‘ldi. Mustaqilligimizning 28 yillik shodiyonalari uy to‘ylariga yangi ijtimoiy ob’ektlarni foydalanishga topshirish tantanalariga aylanib ketdi.

— Joriy yilning o‘tgan davrida shahar markazida ellikka yaqin inshoot qurib bitkazildi, — deydi xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Rayhon Rahimova. – Bayram arafasida 420 xonadonga mo‘ljallangan o‘nta ko‘p qavatli arzon uy, 585 nafar bolajonga mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasalari hamda 90 o‘rinli tug‘uruq majmuasi foydalanishga topshirildi. Bu kabi bunyodkorliklar odamlar turmush sharoitini yaxshilamoqda, yangi ish o‘rinlarini yaratmoqda.

 

Abdumalik HAYDAROV,

jurnalist.

← Roʻyxatga qaytish