Oʼzbekiston XDP Buxoro shahar kengashi Oʼqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi maktablar pedagogik jamoalari uchun “Sizning sogʼligingiz bizning himoyamizda” shiori ostida bayram aktsiyasi tashkil etdi.
Sogʼliqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda oʼtkazilgan aktsiyada hududdagi 42 ta maktab oʼqituvchilari qamrab olindi. Аktsiya ishtirokchilari, yaʼni oʼqituvchilar OʼzXDP shahar kengashi tayyorlagan, partiya logotipi tushirilgan talonga ega boʼlib, oʼz hududidagi oilaviy poliklinikada 1-3 oktyabrь kunlari bepul tibbiy koʼrikdan oʼtishi mumkin.
Buxoro shahar kengashi raisi R.Kazimova oʼqituvchi va murabbiylarni bayram bilan muborakbod etdi, aktsiya xususida atroflicha maʼlumot berdi.
Аktsiya startiga bagʼishlangan tadbir kuy-qoʼshiqlarga ulanib ketdi. Yigʼilganlarga aktsiyaning bepul talonlar topshirildi.
– Bugun jamiyatimizda aziz ustozlarimizning mavqei, hurmat va obroʼsi oshirilishining, ularga koʼrsatilayotgan eʼtibor hamda gʼamxoʼrliklarning guvohi boʼlib turibmiz, – deydi Buxoro shahridagi 2-maktab direktori Zamira Shirinova. – Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan oʼtkazilgan mazkur aktsiya va tantanali ragʼbatlashtirish marosimi bizga koʼtarinki ruh bagʼishladi, qalblarga shodlik ulashdi. Tashabbusdan minnatdormiz, hamisha Xalq demokratik partiyasi bilan birgamiz!
– Bepul tibbiy koʼrik tashkil etilgani ayni koʼnglimizdagi ish boʼldi, – deydi tadbir ishtirokchisi pedagogika kolleji oʼqituvchisi Mubashira Usmonova. – Darsdan soʼng poliklinikaga borib, tibbiy koʼrikdan oʼtaman.
Oʼzbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi
Аxborot xizmati