BАGʼDODDАGI DEPUTАTLАRIMIZ YOSHLАR BАNDLIGI BOʼYICHА QАNDАY TАSHАBBUS BILАN CHIQDI?

Xalq deputatlari Bagʼdod tumani Kengashidagi OʼzXDP guruhi tashabbusi bilan “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi ijrosi toʼgʼrisidagi masala Yoshlar siyosati va sogʼlom avlodni tarbiyalash masalalari doimiy komissiyasi yigʼilishida koʼrib chiqildi.

Аvvalo, taʼkidlash kerakki, partiya guruhi aʼzolari tumandagi mahallalarda boʼlib, uyma-uy yurib, yoshlar bilan suhbatlashishdi. 56 ta mahalladagi 40570 ta xonadonda istiqomat qilayotgan 14 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan 51009 nafar aholi bilan muloqotlar oʼtkazildi. Nazorat-tahlil ishlari davomida 11843 nafar 3224 nafari kasb-hunar kolleji oʼquvchilari, 5117 nafari maktab oʼquvchilari, 3502 nafari vaqtincha ishsiz yoshlar , jumladan, 2221 nafari uzoq muddatga chiqib ketgan yoshlar, mehnatga layotqatsiz yoshlar soni esa, 504 nafarni tashkil etishi aniqlangan.

Partiyaning saylovoldi dasturida yoshlar bandligini taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor berilgan. Shundan kelib chiqib, Xalq demokratik partiyasi deputatlari yigit-qizlarni ish bilan taʼminlash boʼyicha olib borilayotgan ishlarni ham oʼrganib, tahlil qilishdi. Muloqot oʼtkazilgan 6544 nafari yoshlar yollanma, norasmiy sektorda, 3053 nafari tadbirkorlik qilishni, 1387 nafarini taʼlim olish istagi borligini maʼlum qilishgan. Shu kungacha ularning taklif va muammolari oʼrganilmagani aniqlangan.

Ishchi guruhi tomonidan tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan 115 ta talabgor yoshlar tarkibidan iborat manzilli roʼyxat tuzilgan va tasdiqlangan. Partiya guruhi aʼzolari tashabbusi bilan 107 nafar loyiha tashabbuskorlari ichidan 38 loyihani 2019 yilda moliyalashtirish lozim deb topilgan. Bu jami 12 mlrd 500 mln. soʼmni tashkil etadi. Shu asosida 432 ta yangi ish oʼrni yaratilishi rejalashtirilgan. Bugungi kungacha shundan 11 nafar loyiha tashabbuskorlariga 2 mlrd 965 mln. soʼm imtiyozli kreditlar ajratilgan va 11 ta yangi ish oʼrni yaratilgan.

Shuningdek yigʼilishda tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan yoshlarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida ajratilgan kreditlar toʼliq berilmayotgani aytib oʼtildi. Buning natijasida uskunalar, texnologiyalarni toʼliq yetkazilmayapti. Bu esa belgilangan ish oʼrinlari yaratilishida bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Deputatlar, hozirgi kunda yana 4 nafar yigit-qizlarning 2 mlrd. soʼmdan ortiq loyihasiga bankda oʼz vaqtida kredit ajratilishi masalasini muhokama markaziga qoʼyishdi. Masala yaqin kunlarda hal boʼlishi maʼlum qilindi. Deputatlar nazorati olib borilishi kerakligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʼzbekiston XDP Markaziy Kengashi

Deputatlik birlashmalarining ishini muvofiqlashtirish

va Jamoatchilik qabulxonlari bilan ishlash boʼlimi.

Teglar

Deputat
← Roʻyxatga qaytish