BUXORO SHАHАR KENGАSI RАISIGА MINNАTDORCHILIK XАTI KELDI

Oʼzbekiston XDP Buxoro shahar kengashi raisi Robiya Kazimova tomonidan joriy yilning avgust oyida sayyor qabul tashkil etilgan edi. Unda Buxoro shahrida yashovchi Zulxumor Saidova farzandi Ozodbek Hamroevning nafas olish qiyinligi, burnida jarrohlik operatsiyasi oʼtkazilishi lozimligi, ammo moliyaviy imkoniyati yetmayotganini aytib murojaat qilgandi.

Ushbu murojaat boʼyicha Buxoro shahridagi bolalar shifoxonasi mudiri bilan suhbatlashilgan, Ozodbek Hamroevni operatsiya qilish choralari koʼrilgan edi.

Joriy yilning 2-oktyabrь kuni Zulxumor Saidova oʼgʼlining jarrohlik amaliyoti bepul oʼtkazilgani, ahvoli yaxshiligi haqida Buxoro shahar kengashi raisi Robiya Kazimova nomiga minnatdorchilik xati joʼnatibdi.

Аna shunday yaxshi xabarlar boshqa faollarimizni ham ruhlantiradi, muhtojlarga yordam qoʼlini uzatishga undaydi, degan niyatdamiz.

Oʼzbekiston XDP Markaziy Kengashi

Аxborot xizmati

Teglar

Faxriy
← Roʻyxatga qaytish