BOLАJONLАRGА MEHR ULАSHILDI

Yurtimizda kelajak avlodga alohida eʼtibor qaratilayotgani xech kimga sir emas. Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi hamda Crafers qandolat fabrikasi jamoasi hamkorligida “Mehr va muruvvat koʼrsatish burchimiz” shiori ostida Piskent tumanidagi 79 - maktab internatda tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun hayriya aktsiyasi oʼtkazildi.

Xayriya aktsiyada maktab internati tarbiyalanuvchilari bilan Oʼzbekiston XDP Piskent tuman kengashi faollari samimiy suhbati gʼoyat qiziqarli kechdi. Krafers jamoasi nomidan maktab internatda kutubxona javonlari hamda besh turdagi shirinliklarni taqdim etdi. Bolajonlar uchun qoʼgʼirchoq teatri namoyish qilinib, unda barcha bolajonlar ertak qahramonlari bilan dildan suhbatlashdi.

Sahnaviy chiqishlar, xor jamoalarining musiqali badiiy qismlari bolalarni yanada xushnud qildi.

Shuningdek, “Mehr va muruvvat koʼrsatish – burchimiz” shiori ostida Boʼka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyida ham xayriya aktsiyasi oʼtkazildi.

Tadbirda Oʼzbekiston XDP Boʼka tuman kengashi raisi Xolbek Sulaymonov bolajonlarga samimiy tilaklarini izhor qildi. Crafers qandolat fabrikasi nomidan Mehribonlik uyiga kutubxona javonlari hamda shirinliklarni taqdim etdi.

Oʼzbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi

Аxborot xizmati

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish