Yoshlarning OʼzXDPga ishonchi ortmoqda

OʼzXDP Yangiariq tuman kengashi tomonidan tuman markazidagi Madaniyat va istirohat bogʼida boshlangangan saylovoldi targʼibot dasturi oʼzgacha tus oldi. Tadbir ayni avjiga chiqqan payti bu yerga yangi oila qurayotgan kelin-kuyovlar tashrif buyurdi. Barcha tadbir ishtirokchilar ikki yoshni qurshab oldi, toʼylari bilan muborakbod qilishib, baxt-saodat tilashdi.

– Xalq Demokratik partiyasining saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishib chiqqanmiz. Unda xalqimiz turmush darajasi va sifatini oshirish, fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, kuchli ijtimoiy himoya masalalarini hal qilish teran aks ettirilgan, - dedi kuyov yigit Mansurbek Soatov. – Kam taʼminlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoya qilish samaradorligini oshirishga alohida eʼtiborga qaratilgani diqqatimni tortdi. Аxir bularning barida insonparvarlik, xalqparvarlik gʼoyalari mujassam.

OʼzXDP Yangiariq tuman kengashi raisi Husin Ollaberganov kelin-kuyov Mansrubek va Mahliyoxonlarni nikoh toʼyi bilan chin yurakdan qutlab, sovgʼalar taqdim qildi. Аna shundan soʼng targʼibot tadbiri yana qizgʼin davom etdi.

– Joriy yilning 22 dekabrь kuni boʼlib oʼtadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar mohiyatidan har birimiz xabardor boʼlishimiz kerak, – dedi tadbir minbarida nutq soʼzlarkan H.Ollaberganov. – Boʼlajak saylovlar mamlakatimizni rivojlantirishning beshta muhim ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida oʼz ifodasini topgan umuminsoniy, ilgʼor demokratik gʼoyalarning amaldagi yorqin ifodasi boʼladi.

Miting tarzida uyushtirilgan targʼibot tadbirida OʼzXDP tuman kengashi deputatlik guruhi Bekposhsha Jumaniyozova, tuman kengashi deputati Rahima Masharipova, “Nuroniy” jamgʼarmasi Yangiariq tuman boʼlimi raisi Roʼzimat Xoʼjaev, tuman xotin-qizlar qoʼmitasi raisi Barno Qoʼchqorovalar bu yilgi saylov jarayonlari va unga oid qonunchilikdagi oʼzgarishlar, OʼzXDP Saylovoldi dasturi boʼyicha fikr-mulohaza bildirib oʼtishdi.

Аna shundan soʼng kuylarga kuy, qoʼshiqlarga qoʼshiqlar ulandi. Madaniy dasturda keksa-yosh raqs tushib, oʼz quvonchini namoyish qildi.

 

Poʼlat ERMАTOV,

OʼzXDP Xorazm viloyat kengashi mutaxassisi.

Teglar

Loyihalarimiz Saylov-2019 Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish