Partiya safiga yangi a’zolar qabul qilindi

 

O‘zXDP Shofirkon tuman kengashi deputati D. Hojiyev tashabbusi bilan "Deputat va yoshlar" loyihasi asosida tumandagi Axborot resurs markazining bir guruh yoshlari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zoligiga qabul qilindi.

Qayd etildiki, partiya oldida turgan asosiy vazifa faol yoshlarni bir g‘oya atrofida jipslashtirib, partiyaning targ‘ibot-tashviqot ishlarida keng va samarali foydalanishning yangicha mexanizmini yaratishdan iborat. Shu boisdan partiya a’zolari safini bilimli, vatanga sodiq, shijoatli yoshlar bilan kengaytirish, ularning salohiyati hamda intilishlarini faol qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.

Yangidan qabul qilingan a’zolarga partiya guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish