O‘zbekiston XDP Nishon tuman kengashi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘limi hamkorligida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Unda partiya faollari, partiyadan deputatlar, tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hamda N-harbiy qism bo‘linmasi harbiylari ishtirok etishdi.
"Vatanparvarlik" oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirda partiyadan tuman Kengashi deputati X. Davronov so‘zga chiqib, Vatan muqaddasligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, harbiylarimizning mashaqqatli va sharafli faoliyati to‘g‘risida fikr-mulozahalarini bildirdi.
Tadbirda shuningdek, harbiy qism bo‘linmasi harbiylari ham so‘zga chiqib, yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, yoshlar tarbiyasida harbiylarning o‘rni xususidagi fikrlarini bildirishdi.