O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan O‘zbekiston XDP Gurlan tuman Kengashi raisi Sh. Xudoyorov, senator F. Sa'dullaуeva, Xorazm viloyat Kengashi deputati D. Niyazmetovalar ishtirokida o‘rganishlar olib borildi.
Ushbu qarorga asosan MFY raislari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolardan iborat “Manzilli ro‘yxat” shakllantirilgan bo‘lib, qilinishi lozim bo‘lgan tadbirlar rejasi belgilab olindi. Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 3-noyabrdagi 488-12-0-Q/22-son qaroriga asosan dastur doirasida Gurlan tumanida amalga oshiriladigan bir qator loyihalar tasdiqlangan.
Jumladan, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida tumandagi “Navbahor” mahallasida jami 8.2 km lik suv quvuri tortish rejalashtirilgan bo‘lib, ishlar boshlab yuborilgan. 6.0 km quvir tortish yo‘li qazilib, quvurlar tashlanmoqda.
Ichki yo‘llarni ta'mirlash va qurish ishlari bo‘yicha “Yangi bog‘” mahallasi “Xizir eli” ko‘chasining ichki xo‘jalik yo‘llarining 0.95 km qismiga joriy ta'mirlash uchun tosh tashlangan. “Madadkor” mahallasi “Xizir eli” va “Navro‘z” ko‘chalari 0.7 km qismi tosh tashlash uchun tekislangan. Nurobod mahallasi “Xizir eli” ko‘chasining ichki xo‘jalik yo‘llari joriy ta'mirlash uchun jami 0.48 km yo‘lga tosh yotqizilgan.
Elektr energiyasini yaxshilash bo‘yicha tumanning “Obod” mahallasi “Yangi hayot” ko‘chasiga yangi transformator keltirilib, 46 ta simyog‘ochni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi.