Deputat o‘z saylovchilariga hisobot berdi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi topshirig‘i bilan tasdiqlangan reja asosida Taxiatosh tumani «Naymanko‘l» OFY hududidagi 5-sonli maktabda Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi rahbari D. Artikovning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi rahbari D. Artikov o‘z saylovchilariga amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.

Hususan, o‘tgan 2022 yil davomida Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashi sessiyalarining barchasida ishtirok etib, saylovchilar bilan 10 marta uchrashuv o‘tkazilgan. Uchrashuvlar davomida saylovchilardan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar o‘rganib chiqilib, ijobiy hal etilishiga erishilgan. Deputat tomonidan 12 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan.

Masalan, tuman Sport maktabida «Taekvando» sport turi bo‘yicha shtat ochilishiga erishildi. Ushbu shtatga Xudayberdi Utemuratov trener bo‘lib ishga kirgan. Shuningdek, «Naymanko‘l» OFY hududidagi ichki yo‘llarga piyodalar yo‘lakchasi va yo‘l belgilari o‘rnatilishiga erishildi.

«Ochiq byudjet» loyihasi orqali Taxiatosh tumaniga 3 milliard so‘m yo‘naltirishga muvaffaq bo‘lindi. Deputat «Ochiq byudjet» bo‘yicha fuqarolar orasida tushuntirish ishlarini to‘g‘ri olib borilganligi sababli, hudud fuqarolari o‘z hududiga ovoz berishda faol ishtirok etgan. «Naymanko‘l» OFY 1 milliard 500 million so‘m yutib, ichki yo‘llari ta'mirlandi hamda «Naymanko‘l» OFY Chatrauik aholi manzilli punkti hududiga gaz tarmog‘ini tortish ishlari olib borildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi rahbari X.Eshimbetov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408-sonli Qarori mazmun-mohiyatini tushuntirdi.

Muloqot davomida «Naymanko‘l» OFY hududida yashovchi fuqarolar A.Esjanova, Z.Erdashevalar tomonidan murojaatlar bo‘lib, ushbu murojaatlarga tushuntirishlar berildi va yechimi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Saylovchilar deputat D.Artikovning hisobotini ma’qulladilar.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish