Amaliy faoliyat

 

Ma'lumki, aholi salomatligini saqlash va muhofaza qilish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Yurtboshimizning Parlament va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida qayd etilganidek, “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da Davlat Dasturi doirasida aynan sog‘liqni saqlash sohasiga har qachongidan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirilayotganligi barcha yurtdoshlarimiz ko‘nglida shukronalik hissini uyg‘otganligi bor gap.

Zero, dardmandlar dardiga malham bo‘lish, ularni sog‘lom hayotga qaytishlarida, bir so‘z bilan aytganda “Sog‘lom jamiyat” qurish kabi ezgu faoliyatda amaliy ishtirok etish yuksak insoniy fazilat sanaladi.

Shu maqsadlarda O‘zXDP Jizzax shahar kengashi va partiya deputatlik guruhining a'zosi M. Imomov tashabbusi bilan 1-son oilaviy poliklinikada tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

50 nafardan ziyod turli yoshdagi fuqarolar ishtirok etgan ko‘rik jarayonida tor doiradagi (xirurg, urolog, kardiolog, okulist, onkolog, travmotolog, pediatr, terapevt va boshqa) mutaxassislar tomonidan biokimyoviy tahlillar, raqamli rentgen, FEGDS tekshuruvlar o‘tkazilib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha ambulator va stasionar davolanish yuzasidan tegishli tavsiya va yo‘llanmalar berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish